Ulug'bek Xorazmiy
Axmad hoji Xorazmiyning tanlangan asarlari haqida
Ma’lumki, tanlangan asarlar yirik olim va ijodkorlarning nashr qilingan asarlari ichidan tanlab olingan va ilmiy, adabiy, siyosiy, diniy va tarbiyaviy ahamiyatga èga bo’lgan asarlar to’plamidir.
A.Xorazmiyning quyidagi 16 tomdan iborat tanlangan asarlari uning ilmiy, o’quv, diniy, tasavvuf, adabiy, siyosiy va boshqa yo’nalishda nashr qilingan 200 dan ortiq maqolalari va 30 dan ortiq kitob va risolalari asosida dunyoga kelgan.
Ayrim kitob va maqolalarda hammuallif(soavtor)lar ham bo’lib, u asarlardagi ularning ishtirogi 5-15 % ni tashkil qiladi. Shunday bo’lsada, hammualliflarning ishtiroki bo’lgan bo’limlar tanlangan asarlarga kiritilmadi.
Tanlangan asarlarning ayrim tom(jild)lari unga asos bo’lgan kitoblar bilan bir xil nomlangan bo’lsada, ularga kitob nashridan keyin qilingan tadqiqotlar asosida e’lon qilingan maqolalar qo’shilib, yangi bo’im va boblar shaklida kiritildi.
A.X.Xorazmiyning tanlangan asarlarini nashr qilishda an’anaviy usuldan chetlanishga to’g’ri keladi. Ya’ni, tanlangan asarlar nashri boshi(1-chi tom)dan oxiri(16-chi tom)ga qarab bormay, qaysi tom nashrga tayor bo’lsa, o’shanisi chop qilib borilaveradi. Kitob(to’m)lar bir-biriga bog’liq èmasligi (bir-birining davomi èmasligi) sabab tanlangan asarlarning aralash usulda nashr qilinishi o’quvchiga noqulaylik tug’dirmaydi.
‘Tanlangan asarlar’ kabi kapital asar tayorlash va nashr qilish yo’lida muallifning bu birinchi urinishi èkanligi bois, unda qator xato va kamchiliklar bo’lishi mumkin. Ularni to’g’irlash maqsadida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Noshir
T a n l a n g a n a s a r l a r
1–tom
Axmad hoji Xorazmiy haqida
Mualliflardan
‘Axmad hoji Xorazmiy haqida’ deb nomlangan ushbu 1-tom(jild)da Xorazmiyning hayoti va ijodi haqida turli mamlakatlarda va tillarda chop qilingan materiallar jamlangan. Va shuningdek, uning hayot va faoliyatiga doir bo’lganligi va ushbu tomga taalluqli ekani sabab A.Xorazmiyning qalamiga dohil ayrim materiallar ham to’plamga kiritildi.
Shuni ta’kidlash kerakkki, turli xil SMI va tillarda A.X.Xorazmiy hayoti va faoliyati haqida 40 dan ortiq maqolalar, radio va teleocherklar berilgan. Ularning ko’pisi O’zbekiston matbuotida è’lon qilingan. Quyidagi boblarda ulardan ayrimlari keltiriladi
I – Bob. A.X.Xorazmiyning muxtasar avtobiografiyasi va unga taalluqli ayrim hujjatlar.
II – Bob. Professor Axmad hoji Xorazmiy asarlari va ularning muxtasar mazmuni.
III – Bob. Axmad hoji Xorazmiy haqida o’zbek tilida nashr qilingan ayrim materiallar.
IV – Bob. Axmad hoji Xorazmiy haqida turli nashrilarda rus tilida è’lon qilingan maqolalar.
V – Bob. Axmad hoji Xorazmiy haqida turkman va turk tillarida nashr qilingan materiallar.
VI – Bob. Axmad hoji Xorazmiy haqida ingliz tilida nashr qilingan ayrim maqolalar.
---------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
2 –tom
O’ZBEKISTON TABIY PICHANZOR VA YAYLOVLARINI O’G’ITLASH
‘Fan’ nashriyotida (Toshkent-1982) rus tilida nashr qilingan ushbu monografiya tanlangan asarlar 2-tomini tayorlashda asos qilib olingani sabab, bu tom ham shunday nomlandi.
Unda O’zbekistonning balandlik poyaslari (zonalari) bo’yicha tabiiy em-hashak o’simliklariga turli xil mineral o’g’itlar qo’llash masalalari yoritilgan.
Pichanzor va yaylov o’simliklari eyimlilik sifatiga, tuproq va o’simliklar ozuqa rejimiga, hosildorlik dinamikasiga o’g’itlarning ta’siri va keyingi ta’siri ko’rsatilgan.
O’zbekiston sharoitida tabiiy ozuqa o’simliklarini oziqlantrishning iqtisodiy samaradorligi va rentabelligi, tabiiy pichanzor va yaylovlarni o’g’itlash muddati va usullari aniqlangan.
Bu tom (kitob) botaniklar, ozuqa tayyorlovchilar, agroximiklar, zootehniklar va oliy o’quv yurtalari o’qituvchilari va talabalariga mo’ljallangan.
Bu 2-tom kirish, O’zbekiston fitosenozlari tuproq-iqlim xususiyatlari, tabiy pichanzor va yaylovlarni o’g’itlash bo’yicha adabiyotlarga sharh, tadqiqot ob’ektlari va tadqiqot uslublari, tabiiy pichanzor va yaylovlar tuproqlari unumdorligini oshirishda mineral o’g’itlarning roli, tabiiy pichanzor va yaylovlar hosildorligi va botanik sostaviga mineral o’g’itlarning ta’siri, tabiiy pichanzor va yaylov o’simliklari ximiyaviy sostaviga mineral o’g’itlar ta’siri, o’g’itlar keyingi ta’sirining tabiiy pichanzor va yaylovlar mahsuldorligiga ta’siri, tabiiy pichanzor va yaylovlarga qattiq va suyuq o’g’itlar qo’llashning iqtisodiy samarodorligi kabi bo’lim va boblardan iborat.
Bu tomga O’bekiston tabiy fitosenozlarini oziqlantirish borasidagi keyingi 30 yilda olib borilgan tadqiqotlar asosida e’lon qilingan maqolalar ham yangi bo’lim va bob shaklida kirgan.
Shuni ta’kidlash kerakki bu kitob mening birinchi doktorlik dissertasiyam asosida yozilgan bo’lib, uning asosini tashkil qilgan tadqiqotlar, 1978 yilda O’zbekiston Fanlar Akademyasi mukofotiga sazavor bo’lgan.
----------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
3 –tom
MOZAMBIK PAXTACHILIGINI RIVOJLANTiRISH MASALALARI
Ushbu monografiyadagi materiallar tanlangan asarlarning 3-tomini tayorlashda asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Bu tomga 1991 yildan keyin nashr qilingan qator maqolalar ham yangi bo’lim va bob sifatida kiritildi.
Unda Mozambik halq respublikasi tabiy sharoiti, koloniyadagi va koloniyadan keyingi davrdagi paxtachiligi, paxta etishtrish tradisiyasi, agrotexnik usullari, paxta va boshqa o’simliklarga qo’llaniladigan o’g’itlarning turlari, normalari va o’g’itni solish usullari yoritilgan. Shuningdek avvalgi qilingan tadqiqotlarga baho berilib, tavsiya qilinayotgan uslublarining samaradorligi ko’rsatiladi.
Bu 3-tom qishloq xo’jalik mutaxasislariga, tadqiqotchi – agroximiklarga hamda Afrikada ishlashni mo’ljallayotgan mutaxassislarga mo’ljallangan.
Bu kitob 1984 yili Maputoda (portugal tilida) va 1991 yili Toshkentda (rus tilida) nashr qilingan.
3-tomning kirish qismida Mozambik halq respublikasi uchun paxtaning naqadar zarurligi, 1975 yildan (koloniyadan chiqqanidan) keyin qishloq xo’yaligining keskin cho’kib ketganligi, uni ko’tarish yo’llari va ilmiy uslublari bayon qilinadi..
Nampula provinciyasi – MHR ning paxta bazasidir deb nomlangan qismida bu viloyatda mamlakat bo’yicha etishtirilayotgan paxtaning yarmidan ko’prog’i etishtirilishi nazarda tutilib, bu proviciyaning tabiiy-iqlim sharoiti, qishloq xo’yaligi to’g’risidagi umumiy malumotlar, paxtachilikning davlat sektori rivojlanish xususiyatlari ochib beriladi.
Èng katta va asosiy bo’lgan ‘ Mozambik halq respublikasi paxtachiligida o’g’itlar qo’llash’ deb nomlangan qismi o’z ichida 6 bobni birlashtiradi. Bunda o’g’itlar qo’llash muammosi bo’yicha Mozambikda olib borilgan tadqiqotlar va tajribalar qo’yish sharoiti, paxta hosildorligininig o’g’it va boshqa agrotexnik tadbirlarga bog’liq èkanligi ko’rsatiladi.
Xulosa qismida Mozambik qishloq xo’yaligini (asosan pahtachiligini) ko’tarishda o’g’itlar qo’llash asosiy agrotexnik usul èkanligi è’tirof ètilib, paxta, makkajo’xori, mandyoka, pichanzor va yaylov o’simliklarini o’g’itlashning ilmiy asoslari bayon qilinadi.
3-tomning asosini tashkil qilgan bu kitob mening ikkinchi doktorlik (Mozambikda himoya qilingan) diissertasiyam asosida yozilgan bo’lib, u Mozambik Hukumatining faxriy yorlig’i(minnatdorchiligi)ga sazovor bo’lgan.
---------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
4–tom
ER SHARINING TURLI XIL TUPROQ-IQLIM SHAROITLARIDA OZUQA O’SIMLIKLARINI OZIQLANTRISHNING ILMIY ASOSLARI
Salkam 50 bosma taboq hajmga èga bo’lgan va ‘Fan’ nashriyotida (Toshkent-1996) chop qilingan bu kapital asar er sharining turli xil sharoitlarida tabiiy em-hashak o’simliklari va makkajo’xori mahsuldorligini oshirish muammosiga bag’ishlangan va u 4-tomni tayorlashda asosiy manba bo’lib xizmat qildi.
4-tomda makkajo’xori va tabiiy o’simliklar ozuqaviy sifatiga, fitosenozlar botanik sostavi va hosildorligining o’zgarish dinamikasiga, tuproq va o’simlik ozuqaviy rejimiga o’g’itlarning ta’siri va keyingi ta’siri tadqiq qilingan.
Tabiiy fitosenozlar va makkajo’xori uchun o’g’itlarning optimal tur va nisbatlari, dozalari, muddat va usullari o’rganilgan. Mozambik va O’zbekistonning vertikal zonalari bo’yicha tabiy pichanzor va yaylovlar, hamda, makkajo’xorini oziqlantirishning rentabilligi va iqtisodiy samaradarligi aniqlangan. Shuningdek, o’g’itlarning ustama hosil bilan qoplanishini aniqlash metodi ishlab chiqilgan.
Bu tom (kitob) agroximiklar, tuproqshunoslar, botaniklar, agronomolar, zootehniklar, aspirantlar, doktorantlar va tegishli oliy o’quv yurti talabalari uchun mo’ljallangan.
Bu kitob mening uchunchi (oxirgi) doktorlik dissertaciyam asosida yozilgan, va halqaro Al-Xorazmiy mukofotiga tag’dim qilingan.
4-tomning kirish qismida Mozambik va O’zbekiston chorvachiligi uchun makkayo’xori va tabiiy em-hashaklar asosiy ozuqa bazasi èkanligi, ular mahsuldorligini keskin oshirishning èng samarali usuli o’g’itlar qo’llash èkanligi qayd qilingan.
4-tom uch qisimdan iborat bo’lib uning birinchi qismi uslubiy-analitik bo’lim deyilib, o’z ichiga ikkita: makkayo’xori va tabiy ozuqa o’simliklarini oziqlantirish muammolarining o’rganilishi (adabiyotlarga sharh), hamda tadqiqot uslubi va ob’ektlari bobini oladi.
Ikkinchi qism er sharning turli sharoitlarda tabiy ozuqa o’simlklarining mahsuldorligiga o’g’itlarning ta’siri va keyingi ta’siri deb nomlanib, 3-10 boblarni o’z ichiga oladi.
Kitobning uchinchi qismi jahoning turli xil mintaqa va agrotexik sharoitlarida makkajo’xorii mahsuldorligiga o’g’itlar ta’siri deb nomlanadi va 12-15 boblarni o’z ichiga oladi.
Ushbu tomning asosini tashkil qilgan kitobga akademiklar S.Iskandarov, A.Madrimov, dotsent R.È’gamberdiev, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan agronom, qishloq xo’jalik fanlari nomzodi G’.Masharipovlarlarning rasmiy taqrizi va halqaro mukofatga tavsiyasi è’lon qilingan.
Shular asosida bu kitob har ikki yilda bir marta beriladigan Turkmaniston Davlat Al-Xorazmiy nomidagi halqaro mukofotga tag’dim qilingan.
-------------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
5–tom
O’SIMLIKLARNI O’G’ITLASHNING ÈKOLOGIK VA IQTISODIY ASOSLARI
‘Xorazm’ nashriyotida (Urganch – 2000) chop qilingan ushbu monografiya tanlangan asarlarning 5-tomini tayorlashda asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Shu bois, bu tomning nomi ham kitob nomi bilan bir xil qilib qoldirildi.
Bu tomda o’simliklar hosilini oshirish hamda ularni zararkurandlardan himoya qilish uchun ishlatiladigan agroximikat(mineral o’g’it va pesticid)larning tuproq èkologiyasini buzishi ko’rsatilib, unga qarshi kurash yo’llari bayon qilinadi.
Bu kurash ikki qismdan: Birinchisi - ximiyaviy moddalarning tuproqqa tushishini to’xtatish: Ikkinchisi - buzilgan tuproqlarninng tabiiy (èkologik) holatini tiklashdan iborat bo’lishi kerakligi ta’kidlanadi.
Har ikkalasini amalga oshirish ham bir necha bosqichlarda boradi. Birinchi bosqichda tuproqqa tushadigan ximiyaviy moddalarning avval bir qismini, keyingi bosqichlarda boshqa qismlarini to’xtatish. Ikkichi qismning birinchi bosqichida tuproq tabiy èkologik holatini buzgan ximiyaviy moddalarning sifat va miqdorini aniqlash va bu moddalarni yo’qotish usullarini ishlab chiqish.
Ikkinchi bosqichda, yaratilgan uslublar yordamida tuproqlarning tabiiy (èkologik) holatini tiklash yo’llari ishlab chiqilishi lozimligi ta’kidlanadi.
5-tom agronomlar, agroximiklar, tuproqshunoslar, èkologlar va tegishli oliy o’quv yurti talabalari uchun mo’ljallangan.
5-tomning kirish qismida uzoq (30-40) yillardan buyon katta dozada solingan mineral o’g’itlar va pestisidlar ta’sirida ayrim dalalar tuproqlari èkalogiyasining sezirarli darajada buzilganligi, natijada o’simliklar hosilining pasayib ketayotgani, ozroq normada berilgan mineral o’g’itlar deyarli samara bermayotgani ta’kidlanadi. Bu muammoni echish uchun ikkita yo’nalishda tadqiqot olib borish zarurligi bayon qilinadi.
Bu tomning birinchi qismi - ‘Agroximikat(mineral o’g’it va pesticid)larning tuproqlar agroxomiyaviy, agrofizik va biologik xususiyatlariga ta’siri’ deb nomlanadi.
Ikkinchi qismi - ‘Tuproq èkologiyasini buzuvchi sun’iy (ximiyaviy) moddalarining tuproqqa tushishiga chek qo’yish’ deb nomlanadi va o’simliklar hosilini ko’tarish maqsadida ishlatilayotgan mineral (ximiyaviy) o’g’it va pestisidlarni to’xtatishni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’llari, hamda, birinchi bosqichda qilingan tadqiqotlarga bag’ishlanadi.
Bu tomning negizini tashkil qilgan yuqoridagi kitobga qishloq xo’yalik fanlari doktori, professor G’.Sotipovning ‘Zarur qo’llanma’ sarlavhali sharh va taqrizi ‘O’zbekiston qishloq xo’yaligi’ jurnalining 2001 yil 4-sonida ‘Kitob javoningizga’ rubrikasi ostida è’lon qilingan.
-----------------------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
6–tom
XORAZM DEHQONCHILIGINING ILMIY ASOSLARI
’Fan’ nashriyotida (Toshkent-1996) chop qilingan ushbu kitob 6-tomning asosini tashkil qiladi. Unda Xorazm dehqonchiligi va tuproq e’kologiyasi borasida 2000-chi yildan keyin qilingan tadqiqotlar asosida nashr qilingan qator maqolalar ham joy olgan.
Bu 6-tomda Xorazmda ko’p (70) yillar olib borilgan tadqiqotlar asosida viloyatning nihoyatda og’ir va murrakab tuproq-iqlim va èkologik sharoitida qishloq xo’yalik o’simliklaridan yuqori hosil olishning ilmiy asoslari bayon qilingan.
Bu tom Xorazm dehqonlari uchun amaliy qo’llanma hamda o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining tegishli mutaxasislikdagi talabalari uchun o’qo’v qo’llanmasi sifatida mo’ljallangan.
6-tomning kirish qismida Xorazm vohasining murakkab iqlim, og’ir èkologik sharoitlarida dehqonchilik qilish xususiyatlari, bunday sharoitda paxta va boshqa o’simliklardan yuqori hosil olish uchun hal qilinishi kerak bo’lgan muammolar bayon qilinadi.
Xorazim paxtachiligi 70 yilda deb nomlangan bo’limda Xorazm paxtachiligi ho’kiz bilan er haydashdan, erni Keys (Germaniyada ishlab chiqilgan zamonaviy traktor) bilan haydash davrigacha, har gektar erdan olinadigan o’rtacha hosilni 3–5 sentnerdan 35-40 sentnergacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Tajriba stansiyasidan institut filiyaligacha deb nomlangan bo’liimda Xorazm dehqonchiligini ilmiy asosga o’tkazishda hal qiluvchi rol o’ynayotgan ilmiy tashkilot - O’zbekiston paxtachilik instituti (avvalgi SoyuzNIXI) Xorazm filialining 1926 yilda Xivada tashkil qilingan kichkina bir tajriba stanciyasidan katta bir institutning filiali darajasigacha ko’tarilish tarixi va bu yuksalishda bu tashkilotga direktorlik qilgan P.Yaxtenfeldan professor A.Xorazmiygachagi rahbarlarning roli bayon qilingan.
Xorazm tuproqlari meleorasiyasi va o’simliklarning suv rejimi bo’limida Xorazm vohasidagi asosiy tuproqlar, ularning sho’rlanish darajasi va sifati, Xorazm sharoitida sho’r yuvish xususiyatlari, èkinlarni suvg’orishda oqova suvlaridan foydalinish yo’llari ko’rsatilgan.
Paxta va boshqa asosiy o’simliklar agrotehnikasi va almashlab èkish bo’limida Xorazm sharoitida shudgorlashning samarali usullari va muddatlari, paxta va sholini ko’chatlab èkish usuli, paxta va boshqa èkinlarni èkish muddati, ko’chat qalinligi va almashlab èkishning ilmiy asoslari ko’rsatilgan.
Tuproq unumdorligi va o’g’itlar qo’llash bo’limida Xorazm vohasining asosiy tuproqlari va ularning morfologik xususiyatlari, bu tuproqlarga qo’llaniladigan mineral, organik, mikro va kompleks o’g’itlar, bu o’g’itlarning tuproqlar bilan bo’ladigan munosabatlari, paxta va boshqa èkinlarni Xorazm sharoitida o’g’itlashning asosiy yo’llari ko’rsatilgan.
Istiqbolli g’o’za navlari èkologiyasi va g’o’za urug’chiligi asoslari bo’limida Xorazmda èkilayotgan g’o’zaning asosiy istiqbolli navlari va ularning biologik xususiyatlari, g’o’zaning Xorazmda yaratilayotgan yangi navlari va ularning qiyosiy ko’rsatgichlari hamda, g’o’za urug’chiligi asoslari bayon qilingan.
------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
7–tom
Tadqiqotlar va natijalar
(Agroximiya, èkologiya, din va tasavvuf bo’yicha ilmiy va uslubiy maqolalar)
Avvalo tag’dir taqozasi, qolaversa ijod va faoliyatim ham sabab 2005 yilda muhojirot(Buyuk Britaniya)ga yuz tutdim. Muhojirlikda yashashim davlat tomonidan ta’minlangani bilan O’zbekistondagi oilam va farzandlarim tirikchiligi uchun norasmiy va tinimsiz mehnat qilishga majbur èdim.
Qolgan ozroq vaqtni til o’rganishga sarfladim. Uyqu va dam olish (televizor ko’rish) uchun ajratilgan vaqtning asosiy qismini ilmiy va ijodiy ishlarga sarfladim. Qator kitoblar yozdim.
Bulardan tashqari, ilmiy, uslubiy, diniy, adabiy yo’nalishlarda ham turli mamlakat va tillarda qator maqolalar nashr qildim. Mutaxasis-olim sifatida BBS, ‘Ozodlik’ kabi halqaro radiolarda birqator chiqishlar qildim.
Bu maqolalar ‘Tadqiqotlar va natijalar’ (London-2012) nomli ushbu kitobga kiritilgan bo’lib ular o’z xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi 3 ta bobga joylashtirilgan:
‘Ilmiy metodik (o’zbek va rus tilida) maqolalar’ bobiga ‘Agroximiyaning ifodasi, talqini va uni o’qitish texnologiyasi’ (Ta’lim texnologiyalari-№5, Toshkent-2006), ‘Jahonning turli xil mintaqalarida tabiy fitosenozlarni o’g’itlash tizimi’ (Èkologik xabarnoma-№2, Toshkent-2009), ‘Vliyanie agroximikatov na svoystva lugovix pochv i èffektivnosti udobrenie xlopchatnika’ (London-2005), ‘Èkologicheskie problemy agrohimikatov’ (Èkologicheskiy vestnik №2, Tashkent-2007) kabi qator ilmiy va uslubiy maqolalar jamlangan.
‘Diniy va tasavvuf yo’nalishdagi maqolalar’ bobiga ‘Qorbobo(Xorazmiy)ning Vahobiylarga javobi’, ‘Iegova (Tangri) shohidlari haqida bilganlarim’, ‘Tasavvuf va tariqat haqida’, ‘Tasavvufga tosh otmang’, ‘Tasavvuf va Islomda murosaga taklif’ kabi qator maqolalar jamlangan.
‘BBC va ‘Ozodlik’dagi chiqishlar’ bobida Doktor Oydin Solihning ‘Haqiqiy tibbiyot’ kitobi haqida, ‘Qishloq ho’yaligi bo’yicha taniqli olim Axmad hoji Xorazmiy (ga savol bering) BBC tinglovchilari savollariga yavob berdi’, ‘Komilyon Otaniyozovning tavallud kuni nishonlanmoqda’ kabi materiallar jamlangan.
---------------------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
8 –tom
TUPROQSHUNOSLIK VA AGROXIMIYA KURSI
8-to’m ushbu o’quv qo’llanma asosida tayorlangan bo’lib, u tuproqshunoslik va agroximiya kurslari bo’yicha o’qigan ko’p yillik leksiyalarim va olib borgan amaliy mashg’ulotlarim, hamda, jahonning turli xil sharoitlarida o’tkazgan tadqiqotlarim maboynida to’plagan original materiallar asosida tuzilgan va birinchi nashri 1998 yilda Urganchda amalga oshirilgan.
Bu 8-tom tegishli oliygoh talabalari uchun o’quv qo’llanma va qishloq xo’yaligi mutahasislari (agronom, agroximik, tuproqshunoslar) uchun amaliy qo’llanma sifatida mo’ljallangan.
Qo’llanma tuproqshunoslik hamda agroximiya deb nomlanadigan ikkita katta qismdan iborat.
Tuproqshunoslik qismi - tuproqshunoslik fanining predmeti va ob’ektlari, tuproqning morfologik belgilari, tuproq bonitrovkasi, dunyo tuproqlari, O’zbekistonning asosiy tuproqlari, Xorazm vohasining asosiy tuproqlari va ularning morfologik tuzilishlari, magistrlar uchun yozilgan ‘Antropogen tuproqlar va ularda oziq èlementlarning aylanishi’ (Toshkent-2003) kabi qator bo’limlarni o’z ichiga olgan.
Agroximiya qismida - agroximiya fanining uslubi va vazifalari, o’simliklarning oziqlanishi, asosiy oziq èlementlarning fiziologik roli, qishloq xo’yaligida ishlatiladigan asosiy mineral va mahalliy o’g’itlar, qishloq xo’yaligiga agroximiya hizmati ko’rsatish, o’simliklarni Xorazmiy uslubida o’g’itlashning afzalliklari, har bir kg solingan o’g’itga olinadigan qo’shimcha hosil(qoplanishi)ni Xorazmiy uslubida aniqlash, o’g’itlarning èkologik va iqtisodiy samaradorligi kabi masalalar bayon qilinadi.
Va shuningdek, agroximiya qismiga magistrlar uchun yozilgan ‘Qishloq xo’jalik èkinlariga o’g’it qo’llash tizimi’ (Toshkent-2003) va ‘Donchilikda o’g’it qo’llash sistemasi’ (Toshkent-2003) kabi boblar ham kiritilgan.
------------------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
9–tom
O’G’ITLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILMIY ASOSLARI
‘Fan’ nashriyotida, (Toshkent – 1994) nashr qilingan ushbu o’quv qo’llanma tanlangan asarlarning 9-tomini tayorlashda asos qilib olindi. Bu to’m ug’itlar va agroximiya sohasida 1995-2014 yillarda qilingan tadqiqotlar saosida nashr qilingan qator maqolalar bilan boyitildi.
Bu to’mda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida foydalanaladigan asosiy o’g’itlar, ularning agroximiyaviy xossalari va o’g’itlarning ustama hosil bilan qoplanishini aniqlash metodi bayon qilingan.
Shuningdek, qo’llanmada ko’p yillar olib borilgan tadqiqotlar asosida jahonning turli xil tuproq-iqlim sharoitlarida har xil o’simliklarga qo’llaniladigan turli xil o’g’itlar samaradorligini oshirish yo’llari ko’rsatilgan.
9-tom agroximiklar, botaniklar, zootehniklar, agronomlar, biologlar hamda tegishli oliygoh o’qituvchilari va talabalariga mo’ljallangan.
Qo’llanma kirish bilan boshlanadi va bunda kitobning maqsadi va vazifalari, agroximikat(ximiyaviy o’g’it)larning tuproq èkologiyasini buzishi va unga qarshi kurash choralari bayon qilinadi.
9-tomning o’quv-metodik bo’limi o’zida ‘O’g’itlar va ular samaradorligini oshirish muammolari’, ‘Jahonning turli xil tuproq-iqlim sharoitlarida o’g’itlar samaradorligini oshirish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar metodikasi’, ‘Har bir kg solingan o’g’itga olinadigan qo’shimcha hosil(qoplanishi)ni (Xorazmiy metodida) aniqlash uslubi’, ‘Jahonning turli xil tuproq-iqlim sharoitlarida tabiy o’simlik(fitocenoz)larni o’g’itlash tizimi’ deb ataladigan uchta bobni birlashtiradi.
Qo’llanmaning èksperimental tadqiqotolar bo’limi o’zida: ‘Jahonning turli xil tuproq-iqlim sharoitlarida tabiy o’simlik(fitocenoz)larni o’g’itlash tizimi’, ‘Er sharining har xil regionlarida makkajo’xorini o’g’itlash xususiyatlari’, ‘Dunyoning har xil qit’alarida paxtaga o’g’itlar qo’llash samaradorligi’, ‘Yong’oq-mevali daraxtlarni o’g’itlash sistemasi’, ‘Intensiv dehqonchilik sharoitida yangi rezervlar’ deb nomlanadigan 5 ta bobni birlashtiradi.
9-tomning asosini tashkil qilgan bu qo’llanma o’zining ilmiy, o’quv va amaliy ahamiyati uchun Al-Xorazmiy mukofotga (1995) sazavor bo’lgan.
---------------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
10–tom
TUPROQ XOSSALARI VA O’G’IT QO’LLASH ASOSLARI
Qishloq xo’jalik fanlari doktori, akademik J.S.Sattorov ma’sul muharrirligida, 2004 yilda Toshkentda nashr qilingan ushbu kitob, tanlangan asarlarning 10-tomi uchun asos vazifasini o’tadi.
5A620102 ‘Agroximiya’ va 5A620105 ‘Tuproqshunoslik’ mutaxasisliklardagi magistrlar uchun mo’ljallangan bu qo’llanma prof A.X.Xorazmiy tomonidan O’zbekiston Oliy va O’rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi namunaviy dastur asosida yozilgan.
Bunda O’zbekiston tuproqlarining asosiy xossa va xususiyatlari, ularning mineral va mahalliy o’g’itlar ta’sirida o’zgarishi, tuproqqa turli xil agroximikat(ximiyamiy o’g’it)lar kiritilishi bilan yuzaga keladigan èkologik muammolar va ularni bartaraf qilish yo’llari bayon qilinadi.
Shuningdek, qo’llanmada har xil tuproqlardagi o’tkazilgan tajribalardan va agroximkartogrammalardan olingan ma’lumotlar asosida beriladigan o’g’it turi va me’yorini hisoblash, tuproqqa o’g’it solishning istiqbolli texnologiyasi va har bir kg solingan o’g’itga olinadigan qo’shimcha hosilni aniqlash kabi original uslublar ham keltiriladi. Shu bois qo’llanmadan agronomiya yo’nalishidagi bakalavr, magistr, aspirant va tadqiqotchilar ham foydalanishi mumkin.
Bu to’mga 2005-2014 yillarda nashr qilingan ‘Agroximikatlarning e’kologik muammolari’, ‘Ta’limda e’kologik muammo, tadqiqpot va tasrbiya’ maqolalar yangi bob sifatida kiritildi.
‘Kirish’ qismida ushbu qo’llanmaning ahamiyati, yozilishidan maqsad, uning vazifalari bayon qilinib, ushbu kitob O’zbekistonda magistrlar tayorlash uchun yozilgan birinchi qo’llanma èkanligi qayd qilinadi.
Birinchi qismi – nazariy (ma’ruza) mashg’ulotlarga bag’ishlangan bo’lib o’zida 10 ta bobni birlashtiradi va unda asosan ma’ruza qilinadigan mavzular ro’yxati keltiriladi. Qo’llanmaning ikkinchi qismi – amaliy mashg’ulotlarga bag’ishlangan va u o’z ichiga 5 ta bobni birlashtiradi.
‘Tuproq xossalari va ularning o’g’it qo’llashdagi ahamiyati’ fanidan test savollarida har bir bobdagi har bir mavzu bo’yicha savollar qo’yilgan bo’lib har bir savolga A,B,V,G,E punktlari bo’yicha beshta yavob yozilgan. Ulardan faqat bittasi to’g’ri bo’lib imtihon paytida talabadan uni to’g’ri topish talab qilinadi.
Qo’llanmaning ‘Adabiyotlar’ qismida foydalanilgan va talabalar foydalanishi lozim bo’lgan asosiy manbalar ro’yxati berilgan.
---------------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
11–tom
V A K I L
(yoxud turfa g’oyalar)
Tanlangan asarlarning 11-tomi 1999 yilda ‘Xorazm’ nashriyotida nashr qilingan ‘Vakil’ nomli ilmiy-satirik risola asosida tayorlandi.
Bu tomda kommunistlar partiyasi hukmronligi davridagi (hozirda ham) qishloq xo’yaligida hukm surgan vakilchilik, operativ gruppa kabi diktatorlik aralashuvlar, ‘Reja-qonun!’ asosidagi qo’shib yozish kabi ko’zbo’yamachiliklarning nafaqat foyda bermasligi, aksincha, uning iqtisodiy va ma’naviy jihatdan zarar èkanligi ilmga asoslanib, adabiy satirik usulda ochib berilgan.
Shuningdek, 11-tomda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini davrning yangi iqtisodiy talablari asosida tashkil qilish, hamda, halq xo’jaligida mutaxasis va rahbar kadrlarni tanlash va tarbiylash bo’yicha mulohazalar keltirilgan.
Bu tom qishloq xo’yaligi sohasidagi mutaxasislarga, rahbarlarga va shuningdek satirik adabiyotni sevuvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
Kitob iqtisod fanlari doktori, Obkom(XDP)ning ikkinchi sekretari, professor Baxtiyor Ro’zmetov va O’zbekiston jurnalistlar soyuzi a’zosi Ro’zimboy Hasanlar yozgan muqaddima bilan boshlanadi.
11-tom o’z ichiga ‘Raykom sekretari(yoshulli)ning g’oyasi’, ‘Raykom vakillari xo’jaliklrda’, ‘Vakillar razbori (tahlili)’, ‘Vakillarning tashkilotlarida’, ‘Raykomning operativ gruppasi xo’jaliklarda’, ‘Obkomning operativ gruppasi rayonlarda’, ‘Operativ gruppalar yakuni’, ‘Mutaxasis(olim)lar maslahati (tavsiyasi) va yoshullining ko’rsatmasi’, ‘Plan – qonun!’, ‘Tavsiya (xulosa) o’rnida’ kabi boblarni o’z ichiga oladi.
Kitob O’zbekiston jurnalistlar soyuzi a’zosi Shavkat Boltaning ‘Jasorat-la bitilgan risola... yoxud illat ildiziga urilgan bolta’ nomli ‘Vakil’ga yozilgan taqrizi bilan o’z nihoyasiga etadi.
Kitob 1999-2000 yillar davomida ‘O’zbekiston qishloq ho’yaligi’ ilmiy-ishlab chiqarish jurnalida ham bosildi.
11-tomning asosini tashkil qilgan bu kitob haqida: ‘‘Vakil’ning dunyoga kelishi, ‘Vakil’ning parvozi, ‘Vakil’ning zarari, ‘O’zbekiston Soljenisini (A.Xorazmiy) va uning kitob(Vakil)i haqida’ kabi maqolalar è’lon qilindi va ular 11-tomga yangi bo’lim va boblar sifatida kiritildi.
---------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
12–tom
X O R A Z M H A N G O M A L A R I
2010 yilda Londonda (samaizdat shaklida) nashr qilingan ‘Xorazm hangomalari’ nomli ushbu kitob tanlangan asarlarning 12-tomi uchun asos qilib olindi.
Bu kitob asosan hajviy yo’nalishda bo’lsada, unda ayrim ilmiylik va tarixiylik ham yo’q èmas. Ayrim hikoya(hangoma)larda tegishli davrlardagi tarixiy haqiqatlar, tafsilotlar, geografik joylarning ham tilga olinishi uning qimmatini yanada oshiradi.
Bu kitobdagi qator hikoya(hangoma)lar rus, turk, ingliz va boshqa tillarga ham taryima qilinib, turli xil nashrlarda chop qilingan va o’zining ko’plagan muxlislarini topgan.
Bu kitobdagi: ‘London muzeyidagi nakout’, ‘Glupiy vopros’, ‘Bir harf mojorosi’ kabi qator hikoyalar ingliz tiliga taryima qilinib, buyuk Britaniyaning ÈSOL (Horiylik ingliz tilini o’rganuvchilar) kursi o’quv programmasiga kiritilib, uslubiy kitobchada ham chop qilingan.
Bu nashrga kirgan hikoyalarning ko’pchiligi avvalgi (birinchi) nashrda va qator SMI larda ham è’lon qilindi. Mushtariylar unga yuqori baho berdilar va har bir yangi hangomani intiqib kutdilar. Aynan shu holat qo’lingizdagi qayta ishlangan va yangi hikoyalar bilan to’ldirilgan ‘Xorazm hangomalari’ 2-chi nashrining yozilishiga sabab bo’ldi.
Ushbu tom, muallifning kirish so’zi, 7 ta bob, 200 ga yaqin hikoya(hangoma)larni o’z ichiga olib, noshirning so’zi bilan o’z yakuniga etadi.
------------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
13–tom
Adabiy ijodda urinishlar
Tanlangan asarlarning 13-tomiini tashkil qilgan bu kitob(to’plam)da turli tillarda va nashriyotlarda chop qilingan: ‘Buyuk Chingiz Turkiyni èslab’, ‘Komiljon soniy qissasi’, ‘Ayanchli kunlar tarixi’, ‘Qadrini topaolmayotgan tavsiya(ixtiro)ning tarixi’, ‘Qizil kitob haqida’,
‘Shatranj (shaxmat) haqida muxtasar’, ‘Ta’lim tizimidagi muammolar haqida’, ‘O’zbek mardikorining hayotidan’, ‘Karimovcha attestasiya haqida’, ‘Muhojirotdan yutqazganlarim va yutganlarim haqida’, ‘Siyosat borasidagi mulohazalar’, ‘London muzeyidagi nokaut’, ‘Xorazmiy she’riyati’ kabi o’quvchilar nazariga tushgan publisistik, tahliliy, siyosiy va satirik maqolalar va she’rlar to’plangan.
----------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
14–tom
Ilmga baxshida umr
(memuar)
Tanlangan asarlarning 14-tomi ‘Ilmga baxshida umr’ nomli memuarga asoslangan. Bu memuar ikki kitob(to’m)dan iborat va, birinchi kitob 26 bosma taboq hajmga èga bo’lib 2001 yilda Xorazmda nashr qilingan. Bu kitob 2 qism, 19 bobdan iborat bo’lib, mening 2000 yilgachagi hayot va faoliyatimni o’z ichiga olgan.
Ikkinchi kitob 15,4 bosma taboq bo’lib, 2015 yilda Londonda (samizdat shaklida) nashr qilingan. Bu (ikkinchi kitob) 6 bobdan iborat bo’lib, mening 21-asrda, ya’ni, 2000 yildan keyingi hayot va faoliyatimni o’z ichiga oladi va u mening adolat uchungi kurashlarim bilan boshlanadi.
Men bu memuarni yozishda, o’z zamonasining maddohlariga o’xshab, hech bir siyosiy mafkuraga yon bosmadim. Vaholanki tarix (shu jumladan mening tarixim ham) bu – fan, u hech qaysi siyosatga yon bosmasligi lozim.
Bu kitobda keltirilgan fakt, hodsa va voqealarning ko’plari mening ilmiy va ijodiy faoliyatim bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham, u badiylashtirilmadi.
Keyingi yillarda ko’plagan SMI larda bu memuarga: ‘Ilmga baxshida umr haqida’, ‘Qizil kitob haqida’, kabi qator taqriz va tahlillar yozilgan bo’lib ular 14-to’mga yangi bo’lim va bob sifatida qo’shildi.
14-to’mning asosini tashkil qilgan bu kitob O’zbekiston Hukumatining (g’azabli) va Turkmaniston prezidentining (mehrli) nazariga tushib, men(muallif)ing hayotimda katta o’zgarishlar sodir bo’lishiga sabab bo’lgan.
Kitob biologiya fanlari doktori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor Orinboy Xasanov va tasavvufshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Orif Usmonlar yozgan muqaddima bilan boshlanadi.
Ular o’z so’zboshisida: Davr siyosati, ayrim rahbarlarning istagi va fikriga qarshi borishi va natijada jabr ham chekishi, bir qaraganda ibratli hol bo’lib tuyulmasada, uning bu harakatlari Haq va halq manfati yo’lida qilingani uchun, jasarotli ibrat deyishga arziydi. Axmad hoyi Xorazmiy qaerda, qaysi sohada va qanday mansabda ishlamasin, o’qish, o’rganish va tadqiqot(ilm)ni kanda qilmaydi. Bu èsa uning umri ilmga baxshida, èkanligiga isbot bo’laoladi, deb ta’kidlashadi.
--------------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
15–tom
Olimning qismati
(tarixiy roman)
2013 yilda Londonda samizdat shaklida nashr qilingan va taniqli yozuvchi, adabiyot sohasida halqaro Maxtimquli mukofoti laureati Annaquli Nurmammedov so’zboshisi bilan boshlanadigan ushbu kitob tanlangan asarlar 15-tomining asosini tashkil qiladi.
Bu kitob ikki yil davomida qator internet saifalarida nashr qilindi va unga ko’plagan sharhlar yozildi. 15-tom, 2015 yilda yozilgan ‘Xizmatga tuhmat ham qismat’ (Yoxud ilm va e’r baxona, uy va boylik g’animat) kabi yangi boblar bilan to’ldirildi.
15-tom so’zboshi, kirish, ‘Olimning ajdodlari tarixidan’, ‘Olimning tug’ilishi va yoshligi’, ‘Musofirlikda’, ‘Olimning Afrikaga safari’, ‘Xorazmda’, ‘Bog’ot sovxozida’, ‘Turli vazifalarda’, ‘Xorazm fani rivoji uchun’, ‘Sargardonlikda’, ‘Toshkentga hijrat’, ‘Muhoyirlikda’, ‘Xorazmni birlashtirish yo’lida’, ‘Vatandagi farzandlar hayoti haqida’, ‘Xizmatga tuhmat ham qismat’ (Yoxud ilm va e’r baxona, uy va boylik g’animat), ‘Kasalliklar bilan kurashib’, ‘Olimning sport va san’atdagi faoliyati’, ‘Islom va sahovatlar bobida’, ‘Tasavvuf ichra’ kabi 18 ta bobdan iborat.
‘Xulosa’ qismida: -’Ushbu kitobga yozilgan so’zboshida va uning kirish qismida, ushbu tarixiy romanni yozishda muallif(A.Xorazmiy)ning ‘Ilmga baxshida umr’ nomli memuari asosiy manba sifatida foydalanganligi ta’kidlangan.
Shunday kitob asosida dunyoga kelgan ushbu asar ham turli xil tortishuv va munozaralarga sabab bo’lib, ta’qiblarga uchrasa ajablanmaslik kerak, demoqchimiz. Lekin haqiqat joyida qaror topib (o’sha memuarga o’xshab) bu asar ham kitobxonlarning sevib o’qiydigan kitoblaridan biriga aylanishiga umid qilamiz’, deb ta’kidlanadi.
--------------------------------------------------------------
T a n l a n g a n a s a r l a r
16–tom
Islom asoslari
Tanlangan asarlarning 16-tomi ‘Islom asoslari’ deb nomlanadi va bu tomga o’z qalamimizga dohil bo’lgan ‘Qur’oni karimdan muxtasar saboqlar’, ‘Hadisi sharif o’gitlari’, ‘Tasavvuf va tariqat haqida’ kabi qayta ishlangan, to’ldirilgan va qator internet sahifalarida ham chop qilingan risolalar asos qilib olindi.
Shuningdek, keyingi yillarda nashr qilingan: ‘Tasavvufga tosh otmang’, ‘Xorazmiy ibodati (tariqati) haqida’, ‘Tasavvuf va Islomda murosaga taklif’ kabi maqolalar 16-tomga yangi bo’lim sifatida kiritildi.
Islom dini tamallari: -È’tiqod, amal, axloq hisoblanadi. Islom (yoki Islom shariati) Qur’oni karim va Hadisi sharif(sunna)ga asoslangan.
Bu 16-tom kirish, Din va Islom haqida muxtasar, Qur’oni karimdan muxtasar saboqlar, Hadisi sharif o’gitlari, Tasavvuf va tariqat haqida, Turli xil ma’lumotlar, kabi boblarni o’z ichiga oladi.
Bu tom (kitob) asosan Islom va Tasavvuf ixlosmandlariga va o’rganuvchilariga qo’llanma sifatida mo’ljallangan.
|